Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni
Birlashgan Millatlar Tashkilotining 1992-yildagi Bosh assambleyasida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” sifatida belgilangan. Shundan buyon butun dunyoda ushbu sana keng nishonlanib kelinmoqda. Bundan asosiy maqsad jamiyatda nogironligi bo‘lgan shaxslar duch kelayotgan muammolarni yaxshiroq tushunish, ularni bartaraf etish, qadr-qimmati, huquqlarini himoyalash, turmush sharoitlarini yaxshilashdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan BMTning Nogironlar huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyasini 2009 yilda imzolangan. 2021 yilda esa O‘zbekiston Parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilingan.

Mazkur konvensiya va nogironligi bo‘lgan shaxslarga oid qonunda tegishli davlat tashkilotlari va hokimiyatlarga nogironligi bo‘lgan shaxslarning ijtimoiy obyektlarda hech qanday to‘siqlarsiz harakat qilishi uchun shart-sharoitlarni yaratish majburiyati yuklangan. To‘g‘ri, shu kunga qadar ham bino va inshootlar, yo‘laklar, transport vositalarining maʼlum bir qismigina nogironlarning erkin harakatlanishi uchun moslashtirildi, lekin bu yetarli emas. Imkoniyati cheklangan shaxslar har qanday ijtimoiy obyektlardan va xizmatlardan hech qanday to‘siqlarsiz foydalana olishlari shart.

Yurtimizni barcha uchun teng, inklyuziv sharoitlarga ega maskanga aylantirish uchun hamma birdek harakat qilishi, shaharsozlik loyihalari ishlab chiqilayotganda nogironligi bo‘lgan shaxslarning istak-ehtiyojlari ham inobatga olinishi zarur. Chunki barchaga teng sharoitlar yaratish Asosiy qomusimizda belgilangan.