Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
“Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumi Samarqandda ish boshladi
2022 yilning 5 dekabr kuni “Inson huquqlari sohasida taʼlim” Global forumi Samarqand viloyatida ish boshladi. Uchinchi marotaba o‘tkazilayotgan mazkur Global forumda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan BMT Bosh Assambleyasining 76-sessiyasi va Inson huquqlari kengashining 46‑sessiyasida ilgari surilgan tashabbus asosida inson huquqlari sohasida taʼlimni rivojlantirish muammolari muhokama qilinmoqda.

Global forumda xalqaro, mintaqaviy va xorijiy tashkilotlarning 100 nafardan ortiq vakili off-layn va on-layn tarzda ishtirok etmoqda. Jumladan, 10 ta xalqaro va 6 ta mintaqaviy tashkilot, 30 davlatdan inson huquqlari bo‘yicha yetakchi xorijiy ekspertlar hamda professor-mutaxassislar qatnashmoqda.

Forum ishtirokchilari safida, shuningdek, 150 ta milliy tashkilotning 2 ming nafardan ziyod vakili bor. Ular asosan 20 ta vazirlik va idoralar, yurtimizning barcha hududlaridan 50 ta oliy taʼlim muassasasi va ilmiy tashkilotlar, 60 dan ortiq fuqarolik jamiyat instituti, jumladan, yoshlar tashkilotlari faollaridan iborat. 

Манба:insonhuquqlari.uz