Sudda kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya aʼzolarining maʼlum qilishicha, sudlanuvchilar tomonidan keltirilgan iltimosnomalarning aksariyati sud tomonidan qanoatlantirilmoqda.
Ayblanuvchilarning himoyalanish huquqi taʼminlangan. Jarayon to‘liq qoraqalpoq tilida olib borilmoqda.
Sud jarayonlari qonunchilikda belgilangan normalarga muvofiq o‘tkazilmoqda.
Komissiya aʼzolarining sud jarayonlarining borishi haqidagi intervyulari mahalliy va xalqaro OAV orqali yoritilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 107 nafari ayblanuvchi Davlat rahbarining olib borayotgan insonparvarlik siyosati hamda Komissiya saʼy-harakatlari natijasida o‘z oilasi bag‘riga qaytarilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati