190 o‘ringa mo‘ljallangan mazkur shifoxonada monitoring o‘tkazilgan kunda 229 nafar bemor davolanayotgani maʼlum bo‘ldi.
O‘rganish davomida shifoxonadagi bemorlarga berilayotgan ovqatlar menyusi va ularning sifati, dori-darmon vositalari taʼminoti hamda muddatlari o‘rganilganda kamchiliklar yo‘qligi maʼlum bo‘ldi.
Lekin, monitoring davomida Ombudsman mintaqaviy vakili boshchiligidagi ishchi guruh aʼzolari tomonidan baʼzi kamchiliklar majudligi aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi. Jumladan, shifoxona binosi taʼmirtalab va u sanitariya-gigiyena talablariga javob bermaydi. Shu bilan birga kanalizatsiya bilan bog‘liq muammolar mavjud. Yuvinish xonalarida issiq suv yo‘q va hojatxonalar yopib qo‘yilgan.
Monitoringdan so‘ng, Ombudsmanning Qashqadaryodagi mintaqaviy vakili tomonidan shifoxonada ishlaydigan shifokor va boshqa xodimlar ishtirokida tadbir tashkil etildi. Unda muassasada davolanayotgan bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tez kunlarda Viloyat asab-ruhiy kasalliklari shifoxonasiga qayta monitoring o‘tkazilishini maʼlum qiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati