Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman va Kasaba uyushmalari Federatsiyasining quyi qatlamlarida hamkorlik memorandumlari imzolanmoqda
2022 yil 7 dekabr kuni Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasida mehnat, iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarni to‘laligicha qo‘llab-quvvatlash, ularning ijrosini taʼminlashga qaratilgan harakatlarda o‘zaro ko‘maklashish, aholining turmush darajasini oshirish, mehnatkashlarning huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy himoyasini kuchaytirish, shaxslarning mehnat huquqlari buzilishining oldini olish borasida ikki tomonlama manfaatli hamkorlikni o‘rnatish va rivojlantirish hisoblanadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati