Davlat rahbarining «O‘zbekiston Konstitutsiyasining 30 yilligi» esdalik nishonini taʼsis etish to‘g‘risidagi farmonida nishon bilan O‘zbekiston mustaqilligini mustahkamlash, uning iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, ilmiy salohiyatini yuksaltirish, mudofaa qudratini oshirish, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish, inson huquqlari va erkinliklari, qadr-qimmati ulug‘lanadigan adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish va boshqalarga munosib hissa qo‘shib kelayotgan barcha soha vakillari, mehnat faxriylari, harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari hamda boshqa shaxslar taqdirlanishi ko‘rsatilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati