Treningning asosiy maqsadlari:
- Bolalar manfaatini himoya qilishga qaratilgan va jabrlanuvchi manfaatlariga yo‘naltirilgan va jabrlanuvchiga yetkazilgan shikastni hisobga oladigan yondashuv orqali choralarni, xususan, internet makonida odam savdosi va jinsiy zo‘ravonlikdan jabrlangan bolalarni aniqlashni kuchaytirish;
- Tegishli huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining raqamli muhitda bolalarni himoya qilish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarni qo‘llash salohiyatini oshirish;
- DIIHBning Odam savdosidan jabrlanganlarning huquqlarini himoya qilish uchun milliy yo‘naltirish mexanizmlari bo‘yicha qo‘llanmasining ikkinchi nashriga muvofiq inson huquqlariga asoslangan, genderga sezgir, omon qolgan va jabrlanuvchiga asoslangan yondashuv bilan Milliy yo‘naltirish mexanizmlarini, shu jumladan bolalar uchun ham kuchaytirish muhimligini taʼkidlashdan iborat.
Treningda bolalar savdosi holatlarini oflayn va onlayn tergov qilish va bolalarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikka oid materiallar bo‘yicha umumiy tushunchalar, raqamli muhitda bolalarni himoya qilish bo‘yicha xalqaro va milliy qonunchilik, tergov usullari va bolalar savdosi va CSAM bo‘yicha ochiq maʼlumotlarni o‘rganish va boshqa qiziqarli mavzularda maʼruza va muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati