Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Komissiya aʼzolari sud jarayonlarining barcha bosqichlarida ishtirok etishmoqda
Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar bo‘yicha 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ochiq sud jarayonida ko‘rib chiqish davom etmoqda.

Onlayn translyatsiya maʼlum muddatga qadar to‘xtatilgan bo‘lishiga qaramay, Komissiya aʼzolari sudning barcha bosqichlarida ishtirok etishmoqda.

Qayd etish lozim, 22-23 dekabr kunlari bo‘lib o‘tadigan sud majlislarida Komissiya aʼzolari to‘liq tarkibda kuzatuvchi sifatida ishtirok etishadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish hamda ular yuzasidan mustaqil tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha komissiya aʼzolarining maʼlum qilishicha, shu kungacha bo‘lgan sud jarayonlari qonunchilikka muvofiq o‘tkazilmoqda.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati