Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik darajasida taʼminlash mexanizmini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
2022 yilning 22 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi  (YUSAID) bilan hamkorlikda "Xotin-qizlar huquqlarini qonunchilik darajasida taʼminlash mexanizmini takomillashtirish – Ombudsman, fuqarolik jamiyati va ommaviy axborot vositalarining ustuvor vazifalaridan biridir" mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

Xalqaro va mahalliy maʼruzachilar jalb etilgan tadbirda Ombudsman huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiyasi aʼzolari, Ombudsman mintaqaviy vakillari, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari ishtirok etishdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti maʼlumotlariga ko‘ra hayoti davomida uchta ayoldan biri tazyiq va zo‘ravonlikka uchraydi.

Tadbirda qayd etilishicha, mamlakatimizda sog‘lom oilani shakllantirish, oilada yuksak darajadagi maʼnaviy-axloqiy muhitni qaror toptirish, xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarini oldini olish  masalalari davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Lekin shunga qaramay, ijtimoiy tarmoqlar orqali xotin-qizlarga nisbatan turli ko‘rinishdagi zo‘ravonlik, ruhiy va jismoniy tazyiqlar o‘tkazilayotgani bilan bog‘liq noxush xabarlar tarqalmoqda. Bu esa Ombudsman jamoasi, fuqarolik jamiyati institutlari va OAV vakillari o‘zaro hamkorligini yana-da kuchaytirishi zarurligini ko‘rsatadi.

Seminar treningda oiladagi zo‘ravonlikning asosiy sabablarini o‘rganish va ularni oldini olish bo‘yicha mexanizmlarni ishlab chiqish, jabrlanganlarni qo‘llab-quvvatlash va aholining huquqiy xabardorligini oshirish bo‘yicha muhokamalar o‘tkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati