Shundan so‘ng shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan va shaxsini tekshirish yo‘li bilan aniqlashning imkoni bo‘lmagan 9 nafar bemorlarning tegishli hujjatlari to‘planib, tug‘ilganlik faktini belgilash to‘g‘risida fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga Ombudsman tomonidan ariza kiritildi.
2022 yilning 9 dekabr kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudining “Muruvvat” uyida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida 9 nafar bemorning tug‘ilganlik faktini belgilash haqidagi ariza sud tomonidan qanoatlantirildi.
Hozirda sud qarori asosida ularga tug‘ilganlik haqida guvohnomalar, so‘ngra shaxsini tasdiqlovchi hujjat – ID-kartalari rasmiylashtirib berish choralari ko‘rilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati