O‘rganish jarayonida maʼlum bo‘lishicha, manzil-koloniyadagi gaz bosimining pastligi bois qozonxonalar yetarli issiqlikni xonalarga bera olmayapti. 1-qavatdagi yashash xonalarining issiqlik harorati qoniqarli, lekin, 2-qavatdagi xonalardagi harorat bir muncha past. Mahkumlar qishki issiq kiyimlarda yurishga majbur bo‘lishmoqda. Shuning uchun Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili 2-qavatdagi mahkumlarni ham issiqroq yashash xonalariga joylashtirish bo‘yicha tavsiya berdi.
Mahkumlar bilan suhbatlashilganda Ombudsman mintaqaviy vakiliga boshqa masalalar yuzasidan ariza va shikoyatlar kelib tushmadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati