Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mustaqil komissiya sud raisidan ayblanuvchilarga insonparvarlik tamoyillari asosida jazo tayinlanishini so‘radi
Xabaringiz bor, 2023 yilning 31 yanvar kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 22 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish yakuni bo‘yicha sud qarori eʼlon qilinadi.

Ushbu sud jarayonlari Komissiya aʼzolari tomonidan to‘liq kuzatib borildi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari sud raisidan ayblanuvchilarga jazo tayinlashda insonparvarlik tamoyillari asosida, ularning sodir etgan qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargani, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, oilaviy sharoiti va ijtimoiy holatini eʼtiborga olib adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.

Inson xato qiluvchidir. Asosiysi uni vaqtida anglab yetishi va xatolar to‘g‘irlanishidir. Shu yurtda yashayotgan har bir inson borki, insonparvarlikka, odillik va adolatga suyanishga va ishonishga xaqlidir!

Mustaqil komissiya so‘ngi yillarda sud tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zagrishlarga tayangan holda ayblanuvchilarga nisbatan adolatli va odil qaror qabul qilinishiga ishonadi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati