Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Nukusdagi voqealarda ayblangan shaxslardan birining o‘limi yuzasidan rasmiy munosabat
Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan shaxslardan biri Po‘lat Shamshetov kecha tongda tergov hibsxonasida yurak xurujidan vafot etgani bo‘yicha xabarlar tarqaldi.

Mazkur holat bo‘yicha Mustaqil komissiya aʼzolari joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, o‘lim holati sabablarini, jumladan hibsxonadagi sharoitlar, kamera yozuvlari, dastlabki tibbiy xulosa va boshqa tegishli hujjatlarni o‘rganishadi. Shuningdek, marhum bilan bitta kamerada bo‘lgan shaxslar va tergov hibsxonasi xodimlari bilan suhbat o‘tkaziladi.

O‘rganish natijalari haqida jamoatchilik xabardor qilinishi maʼlum qilinadi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining sobiq bo‘lim boshlig‘i, marhum Po‘lat Shamshetov odamlarni ommaviy tartibsizliklarga chaqirgani va o‘zi ham namoyishlarda faol ishtirok etgani uchun 6 yilga ozodlikdan mahrum qilingan edi.

Marhumning oila aʼzolari va yaqinlariga Komissiya aʼzolari nomidan taʼziya izhor etamiz.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati