Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Jo‘rayev vakil faoliyatining huquqiy asoslari, asosiy prinsiplari, Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga murojaat qilish usullari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tartibi haqida maʼlumot berdi.
Tadbirda “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasida mamlakatimizda inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlar to‘g‘risida aholini, ayniqsa, ayollar, yoshlar, keksalarni o‘z vaqtida va to‘laqonli xabardor qilish, qonunchilikda yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozlar va ulardan foydalanish usullari haqida huquqiy xabardorligi oshirilayotgani taʼkidlandi.
Uchrashuvda korxona xodimlariga mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish, ishchi-xodimlarga imtiyozli pensiya tayinlash, bolalar nafaqasi, ehtiyojmand oilalarga moddiy yordam ajratish, fuqarolarning o‘zini-o‘zi band qilishi, ish o‘rinlari yaratish uchun subsidiyalar va kreditlar ajratilishi tartibi, yangilangan Mehnat kodeksi, undagi yangiliklar haqida maʼlumotlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati