Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari uchun o‘quv seminar tashkil etildi
IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Beshinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi tasarrufidagi jazoni ijro etish muassasalarining sohaviy xizmat xodimlari o‘rtasida o‘quv-seminari mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djo‘rayev ishtirok etdi.

Seminarda ishtirokchilarga Ombudsman faoliyatining huquqiy asoslari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tartibi, ushlab turilgan va qamoqqa olingan, ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning Vakilga murojaat etish tartibi, mahkum va mahbuslar uchun yaratilatilishi lozim bo‘lgan shart-sharoitlar haqida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, mahkum va mahbuslarga ruhiy va jismoniy zo‘ravonlik qilish, ularni qiynoqqa solganlik uchun qonunchilikda belgilangan javobgarlik hamda shu kabi holatlarni Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari tomonidan o‘rganilishiga alohida eʼtibor qaratdi.

O‘quv jarayonida tinglovchilar tomonidan berilgan ko‘plab savollarga batafsil maʼlumotlar berildi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati