Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi a’zolari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning 2022 yildagi faoliyati to‘g‘risidagi axborotini eshitdi.
Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda maktabgacha ta’lim, o‘rta va o‘rta-maxsus ta’lim hamda oliy ta’limni isloh qilish, ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, ilg‘or texnologiyalarga asoslangan ta’lim orqali ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalishlardan biri sanaladi.

Hisobot yilida Ombudsmanga ta’lim sohasi bilan bog‘liq 407 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 133 tasi Ombudsman nazoratiga olingan. E’tiborlisi, yoshlarni ta’lim olish huquqining kafolatlanishi borasida Ombudsman tomonidan tegishli davlat organlariga fuqarolar manfaatini ko‘zlab murojaat qilish natijasida 2 nafar fuqaroga oliy ta’lim muassasiga qabul qilinishida ko‘maklashilgan.

Shuningdek, o‘tgan davrda oila huquqi yo‘nalishida 683 ta murojaat ko‘rib chiqilib, ularning 327 tasi parlament nazorati subyekti sifatida o‘rganib chiqilgan. Ushbu murojaatlarning aksariyati ayollar huquqlarining cheklanishi va oilada ayolning tahqirlanishi bilan bog‘liq 98 ta murojaatlarni tashkil qildi.

Aliment pullarining undirilishi masalasida esa 316 ta murojaat kelib tushgan. Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshirilgan ishlar natijasida xotin-qizlarning 9 nafariga “himoya orderi” berilishida ko‘maklashildi. Eng muhimi, Ombudsman so‘roviga asosan 45,5 mln.so‘mlik aliment to‘lovlari undirilishi ta’minlandi.

Deputatlar Oliy Majlis Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning faoliyati samaradorligini oshirishga oid o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ombudsman inson huquqlari sohasidagi qonun hujjatlari hamda tegishli amaliyotni yanada takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berdi. Atroflicha muhokamalardan so‘ng, Ombudsman faoliyati to‘g‘risidagi hisobot ma’qullandi.