Mazkur murojaat nazoratga olinib, Xorazm viloyat Bojxona boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘rganish davomida murojaatda ko‘rsatilgan 14 nafar fuqarodan 5 nafarining shaxsi aniqlanib, ularga qonunda belgilangan tartibda shaxsini tasdiqlovchi hujjat – ID-kartalar rasmiylashtirilib berildi.
Qolgan 9 nafar keksalarning tug‘ilganlik faktini belgilash bo‘yicha Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bog‘ot tumanlararo sudiga daʼvo arizalari kiritildi. “Muruvvat” uyida o‘tkazilgan sayyor sud majlisida Ombudsman tomonidan kiritilgan daʼvo arizalarining barchasi qanoatlantirildi.
Shundan so‘ng, sud qarori asosida ushbu shaxslarga shaxsini tasdiqlovchi hujjati – ID-kartalar rasmiylashtirilib, o‘z egalariga topshirildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati