Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Mustaqil komissiya aʼzolari barcha sud jarayonlarini kuzatib bormoqda
Xabaringiz bor, joriy yilning 6 fevral kuni Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanayotgan 39 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlangan edi.

Sud jarayonlarida davlat ayblovchisi tomonidan ayblov xulosasi o‘qib eshittirilgan va sudlanuvchilar, fuqaroviy daʼvogarlar, jabrlanuvchilarning ko‘rsatmalari olingan. Hozirda guvohlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri va videokonferensaloqa vositasida so‘roq qilinmoqda.

Shuni maʼlum qilamizki, mazkur ish bo‘yicha bo‘lib o‘tayotgan barcha sud majlislarida Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari ishtirok etishmoqda

Olingan maʼlumotlarga ko‘ra, jarayonlar belgilangan talablarga muvofiq olib borilmoqda.

Keyingi sud majlisi 2023 yil 20 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati