Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari “Inson huquqlari haftaligi”da faol ishtirok etishdi
Davlat rahbarining tegishli qaroriga muvofiq, 20-25 fevral kunlari o‘tkazilgan “Inson huquqlari” haftaligi doirasida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ning hududlardagi mintaqaviy vakillari tashabbusi bilan joylarda 20 ga yaqin yoshlar bilan uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etildi.

Jumladan, 2023 yilning 25 fevral kuni Ombudsman mintaqaviy vakillari tashabbusi bilan Qarshi Muhandislik iqtisodiyot instituti va Termiz agrotexnologiyalari innovatsion rivojlanish instituti talabalari uchun davra suhbatlari tashkil etildi.

“Ombudsman va yoshlar” mavzusida, erkin muloqot shaklida o‘tgan tadbirda ishtirokchilarga Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasida «Inson qadri uchun» tamoyili asosida amalga oshirilishi belgilangan islohotlar va uning ahamiyati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlashdagi Ombudsman faoliyati haqida maʼlumotlar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati