Qabul davomida 20 nafardan ortiq fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, nazoratga olindi.
Murojaatlarda uy-joyga egalik qilish huquqini tiklash, mehnat huquqlarining buzilgani, maʼnaviy zararni qoplash, oilaviy nizolar, huquqni muhofaza qiluvchi organ mansabdor shaxslarining shaxsiy qabulida ishtirok etish va boshqa masalalar ko‘tarilgan.
Eslatib o‘tamiz, murojaatlar Ombudsmanning hududlarda doimiy asosda ishlovchi mintaqaviy vakillari tomonidan ham qabul qilinadi. Mintaqaviy vakillar haqidagi maʼlumotlar va ularga murojaat qilish usullari bilan ombudsman.uz saytida tanishishingiz mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati