Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanlar BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi vakillari bilan uchrashishdi
2023 yilning 1 mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining xalqaro maslahatchisi Shaxrbanu Tadjbaxsh bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Bola huquqlari bo‘yicha vakil (Bolalar ombudsmani) Aliya Yunusova hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Markaziy Osiyo uchun mintaqaviy bo‘linmasi rahbari v.b. Fabio Piana ham ishtirok etdi.

Suhbat davomida, Ombudsman instituti faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, xususan, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga o‘tkaziladigan monitoring tashriflari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik va jamoatchilik bilan ishlash faoliyati haqida maʼlumot berildi.

Bola huquqlari bo‘yicha vakil ayollar va bolalarni qurolli mojarolar bo‘layotgan hududlardan vataniga qaytarish borasidagi O‘zbekiston tajribasiga alohida to‘xtaldi.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining xalqaro maslahatchisi O‘zbekistonning ushbu tajribasini eʼtirof etar ekan, uni boshqa mamlakatlar uchun metodologiya ishlab chiqishda qo‘llash maqsadga muvofiqligini bildirdi.

 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati