Sayyor qabulda 14 ta murojaat kelib tushdi, shundan, Monomarkazlarda kasbga o‘qitish, sog‘lig‘ini tiklash va ijtimoiy yordam olish masalalarida kelgan 8 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi.
Murojaatni o‘rganish muddat talab qiladigan 6 ta ariza Ombudsmanning Sirdaryodagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov tomonidan nazoratga olindi.
Shuningdek, qabul davomida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga huquqiy maslahatlar berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati