Ushbu sud jarayonlari Komissiya aʼzolari tomonidan to‘liq kuzatib borildi.
Bugun Buxoro sudida 39 nafar ayblanuvchiga nisbatan sud hukmi o‘qib eshittiriladi. Shu munosabat bilan Komissiya aʼzolari F.Eshmatova boshchiligida Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida yuz bergan holat va voqealarni o‘rganish bo‘yicha komissiya aʼzolari sud raisidan ayblanuvchilarga jazo tayinlashda insonparvarlik tamoyillari asosida, ularning sodir etgan qilmishlaridan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligi, o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqargani, qaramog‘ida voyaga yetmagan farzandlari borligi, oilaviy sharoiti va ijtimoiy holatini eʼtiborga olib adolat mezonlariga muvofiq jazo tayinlanishini so‘radi.
Mustaqil komissiya so‘ngi yillarda sud tizimida amalga oshirilayotgan ijobiy o‘zgarishlarga tayangan holda ayblanuvchilarga nisbatan adolatli va odil qaror qabul qilinishiga ishonadi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati