Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiy viloyatidagi 11 sonli Jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tarifi amalga oshirildi
2023 yilning 14-mart kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev tomonidan Navoiy shahridagi 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifi amalga oshirildi. Unda jamoatchilik vakillari, jumladan “Yuksalish” umummilliy harakatining viloyatdagi rahbari G‘.Aliyev, “Madad” NNT Navoiy shahar huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Axatovlar ham ishtirok etishdi.

Monitoring tashrifi davomida, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlari (turkum yotoqxonalari, maishiy xonalar, oshxonalar, hammomlar, kameralar ahvoli, kutubxonalar, davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududlari va ish joylari) o‘rganilib, mahkumlar bilan jamoaviy hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.  

Shuningdek muassasalarda o‘rnatilgan Ombudsman qutilari ko‘zdan kechirildi va murojaatlar ijro uchun qabul qilindi.

Ishlab chiqarish korxonasidagi mavjud sexlarning ish faoliyati, mahkumlar uchun yaratib berilgan sharoitlar o‘rganilganda, foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlar maxsus kiyim bosh va himoya vositalar bilan taʼminlanganligi aniqlandi. Ular bilan suhbat o‘tkazilganda, oylik ish haqlarini o‘z vaqtida olayotganligi, ayrim mahkumlar ortib qolgan qismini oila aʼzolariga jo‘natayotganliklarini qayd etishdi.

Davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limlarida, yetarli miqdorda dori-darmon va tibbiy vositalar mavjud bo‘lib, davolanayotgan shaxslar uchun kerakli sharoitlar yaratilganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, mintaqaviy vakil tomonidan maxsus kontingent uchun sayyor qabul tashkil etilib, mahkumlarning murojaatlari tinglandi va shulardan  5 tasi ijroga qaratildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati