Profilaktik tibbiy ko‘rikka Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘likni saqlash vazirligiga qarashli tibbiyot birlashmalardan terapevt, kardiolog, ginekolog, oftalmolog, nevropatolog, endokrinolog, xirurg shifokorlari jalb etildi. Shuningdek, mahkumlar ultratovush, rentgen hamda EKG tekshiruvlaridan ham o‘tkazildi.
Tekshiruvlar davomida mahkum va mahkumalar to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi va ularga tegishli davo muolajalari va kerakli tavsiyalar berildi.
Sog‘lig‘ida muammosi bo‘lgan mahkumlar bo‘yicha Manzil-koloniya rahbariga ambulator va statsionar sharoitda davolanish tavsiya qilindi.
Bundan tashqari Ombudsmanning Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy vakili manzil-koloniyada saqlanayotgan mahkumlar bilan yakka tartibda suhbatlashdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati