Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Talabalar Ombudsman faoliyati bilan tanishishdi
2023 yilning 15 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) binosida Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuvda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova talabalarni Ombudsman institutining asosiy faoliyat yo‘nalishlari bilan tanishtirdi.

Taʼkidlanishicha, hozirda dunyoning 180 dan ortiq mamlakatida Ombudsman instituti joriy etilgan va ular mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritadi. MDH davlatlari orasida esa O‘zbekistonda birinchilardan bo‘lib 1995 yil 23 fevral kuni Ombudsman instituti joriy etilgan. O‘tgan davr mobaynida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) ko‘plab fuqarolarning jumladan harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarda saqlanayotgan shaxslarning huquq va erkinliklarini himoya qilishda o‘zining munosib o‘rniga ega bo‘ldi. Bir qancha xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar bilan o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida memorandumlar imzolandi

Bizning vazifamiz, nafaqat murojaatlarni ko‘rib chiqish, balki masalalarni keltirib chiqarayotgan sabablarni aniqlash va ularni tizimli bartaraf etishdir. Yangilanayotgan Konstitutsiyamizning 98 moddasi bilan Ombudsman institutiga takliflarni qonunchilik tashabbusi tartibida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritishga xaqli ekani belgilab qo‘yildi. Bu esa qonun hujjatlarida aniqlangan bo‘shliqlarni to‘ldirishda muhim vosita hisoblanadi – dedi Ombudsman Feruza Eshmatova.

Uchrashuv savol-javoblarga boy tarzda, erkin muloqot shaklida o‘tkazildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati