Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
O‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish tizimini noinstitutsionallashtirish bo‘yicha Milliy Strategiya loyihasi muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2022 yil 26 yanvarda tasdiqlangan “Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish tizimini noinstitutsionallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 17 aprel kuni Muvofiqlashtiruvchi idoralararo ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Bolalar ombudsmani va YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi xodimlari ishtirok etib bolalarga nisbatan vasiylik hamda ijtimoiy himoya tizimini isloh qilish sohasida 2023-2030 yillar davomida O‘zbekistonda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni joylashtirish tizimini noinstitutsionallashtirish bo‘yicha Milliy Strategiya, Media reja hamda Harakatlar rejasi loyihalari taqdimoti o‘tkazilib, keng muhokama qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati