Murojaat nazoratga olinib, shu yilning 4 aprel kuni joyiga chiqib o‘rganildi. O‘rganishda Toshkent shahar Yakkasaroy tumani hokimligi vakillari ham ishtirok etishdi.
Aniqlanishicha, sobiq mahkum V.M. 2019 yil may oyida jazo muddatini o‘tab ozodlikka chiqqan va tuman hokimligining Ijtimoiy moslashtirish bo‘limi tomonidan vaqtincha foydalanish uchun uy berilgan. Uy-joy 6 oy muddatga berilgan bo‘lishiga qaramay, shu kungacha fuqaro V.M.ning iltimoslariga binoan, bir necha marotaba uzaytirib berilgan.
O‘rganish davomida murojaatchi istiqomat qilib kelayotgan uy buzilishga tushganligi ham aniqlangan.
Fuqaro v.S. murojaatida ko‘rsatgan manzilga borilganda fuqaro istiqomat qilib kelayotgan uy avariyaviy holatda ekanligi maʼlum bo‘ldi.
O‘rganish natijasida Toshkent shahar hokimi nomiga fuqaro V.M.ga davlat uy-joy fondidagi turar joylardan biri taqdim etilishi bo‘yicha so‘rov xati yuborildi.
Ombudsmanga taqdim etilgan maʼlumotga ko‘ra, hozirda murojaatchi V.M.ga vaqtincha foydalanish uchun 1 yilga boshqa turar joy ajratilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati