O‘zaro muloqot davomida mehmonlarga mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilgan islohotlar hamda Ombudsman institutining faoliyat yo‘nalishlari haqida maʼlumot berildi.
Buyuk Britaniya Tashqi ishlar, hamdo‘stlik va taraqqiyot vazirligi Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash departamenti Hibsda saqlash masalalari katta maslahatchisi Endi Uotts mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekiston va Buyuk Britaniya hukumatlarining munosabatlari so‘nggi yillarda yangi bosqichga ko‘tarilganligini taʼkidladi.
Shuningdek, Endi Uotts tomonidan Ombudsmanning Milliy preventiv mexanizm doirasida harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari, mahkum va mahbuslarga yaratilgan sharoitlar va ular murojaatlarini ko‘rib chiqish tartibi, Ombudsmanning qiynoqlarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirgan ishlar bo‘yicha Parlamentga taqdim etadigan yillik maʼruzasi bo‘yicha tajribasini eʼtirof etdi.
Uchrashuv so‘ngida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga kelishib olindi.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati