Mazkur murojaat zudlik bilan Ombudsmanning Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakiliga yuborilib, Chortoq tumani Ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan birgalikda ko‘rib chiqildi.
Olib borilgan o‘rganishlar davomida, murojaatchini qo‘rqitib kelgan shaxs shu tumanda yashovchi, 1991 yilda tug‘ilgan A.O.ekanligi aniqlanib, unga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi va ish sudga oshirildi.
2023 yil aprel oyidagi Jinoyat ishlar bo‘yicha Chortoq tuman sudining tegishli qaroriga ko‘ra, 1991 yilda tug‘ilgan A.O.ga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining besh baravari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.
Shuningdek, aybdor A.O. dan murojaatchi qizni qayta bezovta qilmasligi to‘g‘risida tilxat olindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati