Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tavsiyasiga ko‘ra Viloyatda koloniyalarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar yarmarkasi o‘tkazildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsmani)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili, viloyat prokuraturasi, IIV jazoni ijro etish departamenti, IIV JIED 5-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi hamkorligida viloyatda faoliyat yuritayotgan qurilish va ishlab chiqarish korxonalari vakillarini jalb etgan holda viloyatda mavjud jazoni ijro etish koloniyalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning yarmarkasi o‘tkazildi.

11-sonli jazoni ijro etish koloniyasi saf maydonida koloniyalar tomonidan ishlab chiqarilayotgan tayyor mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil qilinib, ushbu ko‘rgazmada yog‘ochga ishlov berib ishlangan hunarmandchilik mahsulotlari, maktab va maktabgacha taʼlim muassasalari uchun mebellar jamlanmasi, pishgan g‘isht, temir-beton plitalar, ohak, teri, poyabzal, to‘quvchilik, tikuvchilik va boshqa mahsulotlari taqdimoti o‘tkazildi.

Yarmarkada qatnashgan hududiy tadbirkorlar tomonidan, muassasalarda  ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarga, jumladan: teri mahsuloti, to‘quvchilik hamda qurilish mahsulotlariga katta qiziqish bildirildi va ko‘plab shartnomalar imzolandi.

Ahamiyatlisi, yuridik shaxslar jazoni ijro etish muassasalaridan mahsulotlarni tender savdolarisiz sotib olishlari mumkin.

Ushbu tadbir Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakilining jazoni ijro etish muassasalariga amalga oshirgan monitoringlardan kelib chiqib bergan tavsiyasiga asosan tashkil etildi.

 Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati