Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Inson huquqlari bo‘yicha Ombudsman navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2023 yilning 28 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatovaning navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda 15 nafarga yaqin fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi va nazoratga olindi.

Murojaatlarda davlat idoralari mansabdor shaxslari qabuliga kirish, afv, prokuratura, sud-tergov masalasi, ishga joylashish, mulkiy nizolar, ijtimoiy yordam, jumladan, bola puli olish, uyni taʼmirlash, boshpanasi yo‘qlarga uy ajratishda amaliy yordam ko‘rsatish kabi masalalar ko‘tarilgan.

Baʼzi murojaatlar joyiga chiqib o‘rganish va tegishli choralar ko‘rish uchun Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga yuborildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha tegishli davlat idoralari va tashkilotlarga fuqarolarning buzilgan huquqlarini tiklash bo‘yicha Ombudsman murojaati yuborildi.

Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati