Tekshirish davomida VSʼHda ushlangan va qamoqqa olingan shaxslar mavjud emasligi aniqlandi. Muassasadagi sharoitlar o‘rganilganda, advokat va ushlanganlarning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv xonalari tashkil etilgani va barcha kerakli jihozlar bilan taʼminlangani, surishtiruv xonasi video va audio yozish moslamasi bilan taʼminlangani hamda yuvinish xonalari sanitariya talabalariga javob berishi va soz holatda ekanligi aniqlandi.
VSʼHda birinchi tibbiy yordam uchun zaxiralab qo‘yilishi lozim bo‘lgan 60 xil turdagi dori-darmon vositalari mavjudligi tekshirilganda ularning baʼzilari yetishmasligi, mavjudlarining ayrimlarining amal qilish muddati o‘tgani aniqlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati