Murojaatchining yozishicha, ushbu masalada tegishli tashkilotlarga qilgan shikoyatlari eʼtiborsiz qoldirilgan.
Murojaat nazoratga olinib, “Sirdaryo suv taʼminoti” MCHJ Mirzaobod tumani bo‘limi xodimlari bilan o‘rganilganda, ushbu ko‘p qavatli uylarga suv taqsimlash inshootidan kelayotgan suv quvuri nosoz ahvolga kelib qolganligi aniqlandi. Hozirda mazkur nosoz ahvoldagi suv quvuri taʼmirlanib, ko‘p qavatli uylar va xonadonlarga toza ichimlik suvi bilan taʼminlandi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati