Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryodagi 8-sonli tergov hibsxonasidagi sharoitlar o‘rganildi
2023 yilning 12 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Alimov 8-son Tergov  hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoringda tergov hibsxonasida saqlanayotgan mahbuslarga yo‘qlov kiritish, fuqarolarning qabul xonalaridagi shart-sharoitlar, tergov va advokatlar bilan uchrashuv xonalari holatlari o‘rganildi. Belgilangan tartibga ko‘ra, tergov honalari kamera bilan jixozlangan, Advokot xonalari esa kameradan holi ekanigi aniqlandi. Shuningdek, advokatlar tergov jarayonidagi videoyozuvlarni talab qilib olishlari mumkinligi maʼlum qilindi.

Shuningdek, tergov hibsxonasidagi yaqiniga yo‘qlov kiritish uchun kelgan fuqarolar bilan suhbat o‘tkazildi.

Shu bilan birga, tergov hibsxonada xo‘jalik xizmatida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlar bilan suhbat o‘tkazilib, ularga yaratilgan shart-sharoitlari bilan tanishildi. Mahkumlardan hech qanday shikoyatlar kelib tushmadi.

Muassasadagi tibbiy bo‘limi o‘rganilganda tibbiyot xonalari qayta taʼmirlanib, to‘liq tibbiy uskunalar va jihozlar bilan jihozlangani hamda dori-darmon zaxirasi mavjudligi aniqlandi.

Monitoring davomida mintaqaviy vakil tomonidan aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati