Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili qo‘shtepalik fuqarolar murojaatlarini o‘rgandi
2023 yilning 16 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili Alisher Kamilov Qo‘shtepa tumanining G‘ishtmon mahallasida fuqarolarning sayyor qabulini o‘tkazishdi. Unda tegishli mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.

Sayyor qabulda bo‘lgan jami 24 nafar fuqarolarning murojaatlarida mulkiy nizolar, moddiy yordam, ishga joylashtirish, kredit olish, davolanish uchun yordam, oilaviy kelishmovchiliklar, uy-joy olish, aliment undirish, tibbiyot, elektr energiyasi va gaz taʼminoti hamda boshqa  masalalar ko‘tarildi. Ushbu murojaatlardan 13 tasi joyida ijobiy hal etildi, 11 nafar murojaatchiga huquqiy tushuntirish berildi.

Jumladan, sog‘lig‘ini tiklash uchun moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan Sh.I. va X.M.lar shu kunning o‘zida moddiy yordam pullari bilan taʼminlandi. Undan tashqari ishga joylashish masalasida murojaat qilgan N.S. va M.R.lar tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi xodimlari tomonidan “Farg‘ona global tekstil” korxonasiga ishga qabul qilindi.

Ayrim murojaat qilgan fuqarolarning murojaatlari qo‘shimcha muddat talab qilganligi sababli tegishli muddatlari belgilanib, ijroga yo‘naltirildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati