Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsmanning Xorazmdagi mintaqaviy vakili Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan chekka hududda yashovchi fuqarolar bilan uchrashdi
2023 yilning 17 may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakili Odilbek Olloyorov viloyatning Turkmaniston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan chekka hududi hisoblangan Tuproqqala tumani “Yangi zamin” mahallasida tuman xokimi Sh.Axmedov bilan hamkorlikda sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabul davomida salkam 30 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Ombudsmanning Xorazm viloyatidagi mintaqaviy vakiliga ishga joylashish, subsidiya ajratish, chet eldagi betob turmush o‘rtog‘ini olib kelish, uy-joy hamda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalalarida murojaatlar kelib tushdi.

Mintaqaviy vakil tomonidan murojaatchilarga tegishlicha huquqiy tushuntirish berildi va ularning murojaatlarini hal etish yuzasidan sayyor qabulda ishtirok etayotgan tumanning tegishli idora, tashkilotlari rahbarlariga tavsiyalar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati