Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiyaviy shikoyat instituti modellarining rivojlanish tendensiyalari
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi va Yevropa Kengashining Huquq orqali demokratiya uchun Yevropa komissiyasi (Venetsiya komissiyasi) bilan hamkorlikda 2023 yil 25-26 may kunlari Samarqand shahrida «Markaziy Osiyo mamlakatlarida konstitutsiyaviy shikoyat instituti modellarining rivojlanish tendensiyalari» mavzuida xalqaro konferensiya tashkil etildi.

Xalqaro konferensiya tashkil etilishidan maqsad - O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli demokratik islohotlar, shu jumladan konstitutsiyaviy islohotlar haqida xalqaro hamjamiyatga to‘liq va xolis maʼlumot yetkazish, Konstitutsiyada ilk bor belgilangan konstitutsiyaviy shikoyat institutini rivojlantirishda xalqaro tajribani o‘rganish, xorijiy mamlakatlar konstitutsiyaviy sudlarining amaliyoti bilan tanishish hamda Venetsiya komissiyasi va unga aʼzo mamlakatlar konstitutsiyaviy nazorat organlari bilan hamkorlikni mustahkamlashdan iborat.  

Xalqaro va mahalliy ekspertlarni qamrab olgan mazkur xalqaro konferensiyada Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova ham ishtirok etdi. U o‘z maʼruzasida Yangi Konstitutsiya “inson-jamiyat-davlat” paradigmasiga asoslanganligi, unda barcha toifalarning huquq va manfaatlari aks etganiga alohida urg‘u berdi. Shuningdek, Yangilangan Konstitutsiyada Ombudsman tomonidan berilgan takliflarning 90 foizi inobatga olinganini qayd etdi. 

Ombudsman F.Eshmatovaning so‘zlariga ko‘ra, Ombudsman milliy institutlardan birinchilardan bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi bilan hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolangan va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini taʼminlash bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Ombudsman tomonidan fuqarolarning yozma iltimoslariga muvofiq Konstitutsiyaviy sudga 2021 yilda 21 ta, 2022 yilda 4 ta murojaat yo‘llangan. Ushbu murojaatlarning aksariyatida fuqarolar tomonidan huquqiy masalalar yuzasidan sharh berish masalalari so‘ralgan.

2017 yilda Ombudsmanga O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy sudi ko‘rib chiqishi uchun qonunga muvofiq masalalar kiritish huquqi berilgan.Ushbu huquqdan xam samarali foydalanmoqa.

Shu bilan birga, Ombudsman O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining majlislarida ishtirok etishi mumkin va sud tomonidan ko‘rib chiqilayotgan barcha masalalar yuzasidan o‘z nuqtai nazarini bayon etishga haqli.

Tadbir O‘zbekistonda konstitutsiyaviy islohotlarning muhim yo‘nalishlari, konstitutsiyaviy odil sudlov, Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida konstitutsiyaviy shikoyat institutining amal qilishi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinlarini himoya qilishda parlament hamda inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning Konstitutsiyaviy sud bilan o‘zaro hamkorligiga oid mavzularga bag‘ishlangan.    

Ikki kun davom etgan xalqaro konferensiyada Venetsiya komissiyasi prezidenti va ekspertlari, shuningdek Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston Konstitutsiyaviy sudi raislari, Xalqaro hamkorlik bo‘yicha Germaniya jamiyati (GIZ) “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikni qo‘llab-quvvatlash” hududiy dasturi eksperti hamda milliy ekspertlar hamda jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati