Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiydagi 11-sonli jazoni ijro etish koloniyasida mahkumlar qanday sharoitlarda saqlanmoqda?
Joriy yilning 8 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev 11-son jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

Monitoring tashrifi davomida, jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarga yaratilgan shart-sharoitlari (turkum yotoqxonalari, maishiy xonalar, oshxonalar, hammomlar, kameralar ahvoli, kutubxonalar, davolash-profilaktika yordam ko‘rsatish bo‘limlari, uzoq va qisqa muddatli uchrashuv xonalari, ishlab chiqarish hududlari va ish joylari) o‘rganilib, mahkumlar bilan jamoaviy hamda yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. 

Shuningdek muassasalarda o‘rnatilgan Ombudsman qutilari ko‘zdan kechirildi va murojaatlar ijro uchun qabul qilindi.

Mamlakatimizda anomal issiq harorat qayd etilayotganligi sababli yashash sahn va ishlab chiqarish korxonasi hududida ventilyator va konditsioner, mahkumlar uchun umumiy hojatxona, yuvinish joylari hamda kiyim almashtirish xonalari zaruriy jihozlar bilan taʼminlanib, yetarlicha shart-sharoitlar yaratilganligi aniqlandi. Jumladan, yotoqxonaga kirish joylarida mahkumlar uchun qaynatilgan suv qo‘yilganligi, turkumlarda mahkumlar o‘zlari bilan saqlashlari mumkin bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini issiqda aynishini oldini olish maqsadida har bir yashash sahnlariga muzlatgichlar o‘rnatilganligi maʼlum bo‘ldi.

Ishlab chiqarish korxonasidagi mavjud sexlarning ish faoliyati o‘rganilganda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya etilishi holatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Foydali mehnatga jalb etilgan mahkumlar maxsus kiyim bosh va himoya vositalar bilan taʼminlanganligiga guvoh bo‘lindi. Shuningdek, mahkumlar bilan suhbat o‘tkazilganda, ular oylik ish haqlarini o‘z vaqtida olayotganliklarini maʼlum qilishdi.

Mahkumlar uchun mo‘ljallangan umumiy ovqatlanish  sharoiti o‘rganilganda, Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan meʼyorlar talabi asosida oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanganligi, mahsulotlarni saqlanishida sanitariya-gigiyena qoidalariga amal qilinayotganligi, oshxona jihozlari va anjomlari bilan taʼminlanib, zaruriy sharoitlar yaratilganligi maʼlum bo‘ldi. 

Davolash-profilaktik yordam ko‘rsatish bo‘limlarida yetarli miqdorda dori-darmon va tibbiy vositalar mavjud bo‘lib, davolanayotgan shaxslar uchun kerakli sharoitlar yaratilganligi aniqlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati