Suhbat davomida mehmonlarga Ombudsman institutining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, harakatlanish erkinligi cheklangan yopiq muassasalarga amalga oshirilayotgan monitoring tashriflari va fuqarolik jamiyati institutlari hamda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik to‘g‘risida maʼlumot berildi.
Uchrashuvda Ombudsman va Xalqaro Respublika institutlarining hamkorlikda amalga oshirayotgan loyihalari va ulardan ko‘zlangan natijalar va kelajakdagi rejalar muhokama qilindi.
Shuningdek, fuqarolarning Ombudsmanga elektron murojaatlar yuborishlari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida mobil platforma ishlab chiqish va inson huquqlariga bag‘ishlangan risola va tahliliy maʼlumotlar tayyorlash borasida o‘zaro fikr almashildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati