Monitoring davomida uchrashuv xonasi, oshxona, tibbiy xonalardagi sharoitlar o‘rganildi. Shuningdek, muassasadagi Maʼmuriy qamoqqa olinganlarning ariza va shikoyatlarini ro‘yxatga olish kitobi va maxsus muassasada saqlanayotganlarni qayd etish kitoblari ko‘zdan kechirildi.
Monitoring tashrifida muassasada saqlanayotgan 2 nafar shaxslar bilan holi tarzda va 12 nafar shaxslar bilan ommaviy suhbatlar o‘tkazildi. suhbat davomida maxsus qabulxonadagi sharoitlardan va oziq-ovqat taʼminotidan shikoyatlar kelib tushmadi. Maxsus qabulxonada saqlanayotgan shaxslar ularga nisbatan noqonuniy harakatlar yoki qiynoqlar bo‘lmaganligini bildirishdi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati