Sayyor qabulda 30 dan ortiq fuqarolar qabul qilindi. Murojaatlarda ishga joylashish, ish haqini undirish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, ijtimoiy yordam, sog‘lig‘ini tiklash, sud tomonidan tayinlangan jazo turini yengilrog‘iga o‘zgartirish va boshqa masalalar ko‘tarildi.
Ishga joylashish bo‘yicha murojaatlar joyida mehnat inspeksiyasi vakili bilan ko‘rib chiqilib, fuqarolarga bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi.
Murojaatlar Ombudsman nazoratiga olinib, o‘rganiladigan bo‘ldi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Axborot xizmati