Qabulga 20 ga yaqin fuqarolar kelib, o‘z ariza va murojaatlarini qoldirishdi. Fuqarolar murojaatlarida sud hukmi va tergov jarayonlariga oid, ijtimoiy yordam olish, ishga joylashish, uy-joy va boshqa masalalar ko‘tarildi.
Ombudsman qabuliga kelgan har bir murojaatchi qabul qilindi. Ombudsman vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha murojaat qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Eslatib o‘tamiz, fuqarolar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillariga ham murojaat qilishlari mumkin. Ularning ism-shariflari, vazifalari, qabul kunlari, manzili va telefon raqamlari haqida ombudsman.uz sayti orqali maʼlumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati