Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Zarafshondagi 12-sonli JIEKga monitoring tashrifi amalga oshirildi
Joriy yilning 19 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev Zarafshon shahridagi 12-sonli jazoni ijro etish koloniyasidagi sharoitlarni o‘rgandi.

Tashrifda mahkumlarning yashash va ovqatlanish sharoitlari, yuvinish xonalari, joylardagi ishlab chiqarish uchastkalari va tibbiyot bo‘limlari holati o‘rganildi va tegishli tavsiyalar berildi.

Shundan so‘ng mintaqaviy vakil mahkumlar bilan ommaviy va yakka tartibda uchrashuvlar o‘tkazdi hamda “Ombudsman qutilari”ni ko‘zdan kechirdi.

Qayd etish lozimki, Navoiy viloyatida amalga oshirilgan monitoring tashriflarida jazoni ijro etish muassasalaridagi kutubxonalarda badiiy adabiyotlarga, musiqiy asboblarga, muzlatgichlarga ehtiyoj borligi maʼlum bo‘lgan edi. Ombudsman mintaqaviy vakiliniing tashabbusi bilan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda ushbu masalalar hal etilgan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati