Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Qiynoq holati bo‘yicha Ombudsman rasmiy munosabati
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ichki ishlar bo‘limida qo‘lga olingan shaxs vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Unda Toshkentda odam o‘g‘irlashda gumonlangan 2 shaxs ushlangani va ulardan biri vafot etgani aytilmoqda.

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olinib, Bosh prokuraturaga Ombudsmanning nazorat xati kiritildi.

Jinoyat uchun jazo muqarrar, lekin bu jazo sud orqali tayinlanishi kerak. O‘zbekiston qiynoqqa qarshi o‘zining mustahkam pozitsiyasiga ega.

Ombudsman insoniylikka qarshi bo‘lgan har qanday xatti-harakatlarni qatʼiy qoralaydi. Holat tergov davomida o‘z tasdig‘ini topsa aybdorlarni qonuniy va muqarrar javobgarlikka tortilishini talab qiladi. 

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati