Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiyda aholini ijtimoiy himoya qilish va davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish masalalari muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga ko‘ra, Ombudsmanning eng ustuvor vazifalaridan biri sifatida aholi orasida inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash hamda himoya qilish sohasidagi xalqaro va milliy qonunchilik normalarini targ‘ib qilish, shuningdek, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga ko‘maklashish belgilangan.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) o‘z faoliyatida aholining huquqiy xabardorligini oshirishga alohida eʼtibor qaratmoqda. Chunki, Ombudsmanga yuborilayotgan murojaatlar tahlili so‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini mustahkamlash, yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi islohotlardan xabardor etish zarurligini ko‘rsatmoqda. Shuning uchun 2022 yildan eʼtiboran respublikaning chekka hududlarida mahallalar kesimida fuqarolarga yaratilgan imkoniyat va imtiyozlardan aholi xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning 17 avgust kuni Navoiy viloyati Karmana tumanida mamlakatimizda fuqarolarni inson huquq va erkinliklarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan tub o‘zgarishlardan, ijtimoiy sohada olib borilayotgan islohotlardan, aholi bandligini taʼminlash, kambag‘allikni qisqartirish va tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, aholiga yaratilayotgan sharoitlar, imkoniyatlar va imtiyozlardan fuqarolarni xabardor qilish maqsadida “Ombudsman maktabi” loyihasi doirasidagi navbatdagi tadbir Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyati mintaqaviy vakili tomonidan o‘tkazildi.

Tadbirda aholida tadbirkorlik ruhini uyg‘otish, kasbga tayyorlash va ish o‘rinlarini ko‘paytirish, fuqarolarga pensiya va bolalar nafaqasi, muhtojlarga bir martalik moddiy yordam tayinlanish tartibi va mexanizmlari, mehnat qonunchiligi borasida fuqarolarning huquqiy xabardorligi oshirildi.

Uchrashuvda “Talqoq”, “Yangiariq”, “Katta Machit”, “Beshkent”, “Zarafshon ,va “Farhod” mahallari faollari ishtirok etishdi.

Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Sh.Djurayev Vakil faoliyatining asosiy prinsiplari, unga murojaat qilish usullari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tartibi haqida maʼlumot berdi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati