Murojaatlarning tumanlar kesimida kurib chiqadigan bo‘lsak, Denov tumanidan 150 ta, Muzrabot tumanidan 105 ta, Sherobod tumanidan 97 ta, Boysun tumanidan 68 ta, Qumqurg‘on tumanidan 65 ta, Sho‘rchi tumanidan 57 ta, Sariosiyo tumanidan 52 ta, Oltinsoy tumanidan 48 ta, Termez shahardan 43 ta, Termez tumanidan 32 ta, Angor tumanidan 28 ta, Uzun tumanidan 24 ta, Qiziriq tumanidan 19 ta, Bandixon tumanidan 18 ta, Jarqurg‘on tumanidan 15 ta murojaatlarga to‘g‘ri keladi.
Surxondaryo viloyati tuman(shahar)lari bo‘yicha eng ko‘p kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganida quyidagilar aniqlandi.
Hisobot davrida Denov tumanidan jami 150 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 41 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 42 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 15 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 15 ta, bola huquqlari bo‘yicha 3 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 8 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 24 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 2 ta murojaatlar kelib tushgan.
Hisobot davrida Muzrabot tumanidan jami 105 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 18 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 37 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 13 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 13 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 7 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 13 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 4 ta murojaatlar kelib tushgan.
Hisobot davrida Sherobod tumanidan jami 97 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan iqtisodiy huquq bo‘yicha 25 ta, ijtimoiy huquq bo‘yicha 34 ta, shaxsiy huquq va erkinliklar bo‘yicha 6 ta, fuqarolarning murojaat etish huquqlari bo‘yicha 10 ta, bola huquqlari bo‘yicha 3 ta, ekologik huquqlar bo‘yicha 2 ta va boshqa masalalar bo‘yicha 8 ta, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyati bo‘yicha 9 ta murojaatlar kelib tushgan.
Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati