Aniqlanishicha, tegishli qonun hujjatlariga ko‘ra, Olmazor tumani O.Bobojonov ko‘chasi 20 B-uyda joylashgan “Agregat zavodi” AJ Toshkent viloyati Chirchiq shahriga ko‘chirilganligi tufayli mulkka egalik huquqisiz operativ boshqaruvga berilgan 32-sonli yotoqxona Olmazor tuman hokimligi balansiga o‘tkazilgan.
2023 yilning mart oyida Fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga binoan yashab kelayotgan fuqarolar Olmazor tumani O.Bobojonov ko‘chasi 20B-uyda joylashgan 32-sonli yotoqxonadan boshqa turar joy bermasdan chiqarishni lozim topgan.
Ombudsman Kotibiyati xodimlari ushbu murojaatni joyiga chiqqan holda o‘rganib chiqdi. Bugungi kunda ushbu yotoqxonada 10 yildan 20 yilgacha yashab kelayotgan 118 nafar fuqarolar istiqomat qilib, shundan 54 nafari voyaga yetmagan va 40-50 yoshdan oshgan ayollar tashkil etadi. Murojaat mazmuniga ko‘ra, fuqarolarning oilasi doimiy yashash manzili ushbu yotoqxona bo‘lganligi uchun boradigan uy-joyi yo‘q.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, tegishli tashkilotlarga murojaat qilindi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati