Murojaatda yozilishicha, fuqaro A.J. yolg‘iz ona, uning 1 nafar voyaga yetmagan farzandi bor va “Ayollar daftari”ga kiritilgan. U Qoraqalpog‘istondagi sport maktablaridan birida farrosh bo‘lib ishlaydi.
Avval, sport maktabi rahbariyatining xodimlariga nisbatan adolatsiz munosabatda bo‘layotgani bo‘yicha prokuratura va boshqa qator davlat idoralariga murojaat qilgan. Shundan so‘ng, maktabda unga nisbatan qo‘pol munosabat yana-da kuchaygan, bosim o‘tkazish va taʼqib qilish holatlari yuzaga kelgan.
Mazkur murojaat Ombudsman nazoratiga olinib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi yoshlar siyosati va sport vazirligiga murojaat qilindi Holat vazirlik xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi va maktab rahbariyati bilan ham suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, fuqaro A.J.ning ish joyida xotirjam ishlashi va turli salbiy holatlarni oldini olish maqsadida murojaatchi ayolga ichki ishlar organlari tomonidan “himoya orderi” berilgan.
Murojaatchining maʼlum qilishicha, hozirda unga bo‘lgan munosabat o‘zgargan va muammosi hal etilgan.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati