Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Navoiydagi Vaqtincha saqlash hibsxonasidagi sharoitlar o‘rganildi va aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha tavsiyalar berildi
2023 yilning 19 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili Shuhrat Djurayev Navoiy shahar IIB vaqtincha saqlash hibsxonasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.

1998 yilda qurilgan Navoiy shahri IIB huzuridagi vaqtincha saqlash hibsxonasining umumiy maxsus kontingent sig‘imi 98 nafarga mo‘ljallangan. Monitoring tashrifi amalga oshirilgan kunda vaqtincha saqlash hibsxonasida 106 nafar hibsga olingan shaxslar saqlanishi, shulardan 10 nafarini ayollar tashkil etishi aniqlandi.

Vaqtincha saqlash hibsxonasida nogiron shaxslar mavjud emas.

Saqlanuvchi shaxslarning yashash sahnida joylashgan maʼmuriy binoda fuqarolarni qabul qilish uchun 1 ta xona (bir vaqtning o‘zida 3 nafar saqlanuvchilar uchun mo‘ljallangan) ajratilgan va videokamera bilan jihozlangan.

Monitoring davomida VSʼHda saqlanayotganlaring yashash, ovqatlanish, tibbiy xizmatdan foydalanish, uchrashuv xonasi va boshqa sharoitlari o‘rganildi.

VSʼHda saqlanuvchi shaxslar uchun alohida 90 ta turli badiiy va huquqiy adabiyotlarga ega kutubxona mavjud.

Monitoringda aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha muassasa rahbariyatiga Ombudsman mintaqaviy vakili tomonidan tavsiyalar berildi.

Shuningdek. Navoiy shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi xodimlariga vaqtincha saqlanuvchi shaxslarga nisbatan muomala madaniyatini yaxshilash, Qonun talablaridan chetga chiqmaslik hamda har xil turdagi bosim va tazyiqlar o‘tkazmaslik bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati